Qozog‘iston 2014—2015-yillarda Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, Bishkek sug‘orish uchun suv yetkazib berishni bo‘yniga oldi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga tayanib, Newskaz.ru xabar bermoqda.
“Qirg‘iziston prezidenti iltimosiga ko‘ra, biz shu yilda 400 million kilovatt, keyingi yilda esa 1,4 milliard kilovatt hajmdagi elektr energiyasini yetkazib beramiz”, — dedi Nazarboyev Ostonada Almazbek Atambayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng.
Qozog‘iston rahbarining aniqlik kiritishicha, Qirg‘iziston esa vegetatsiya davrida Qozog‘istonni sug‘orish uchun suv bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishga va’da bergan.
Izoh (0)