Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashining Shenchjen shahar qo‘mitasi raisi sobiq o‘rinbosari budda ibodatxonasiga 1 million yuan (163,6 ming dollar) xayriya qildi va buning evaziga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Xuansyu shibao” gazetasiga tayanib “TASS” xabar bermoqda.
Guanchjou shahar apellyatsiya sudi amaldorni noqonuniy qo‘lga kiritilgan mablag‘larni shu tariqa qonuniylashtirishga uringanlikda aybdor deb topdi. “Jinoyatchi”ning o‘zi esa u shunchaki o‘g‘li uchun “ilohiy kuchlardan ko‘mak olmoqchi bo‘lgani”ni ta’kidladi.
Sobiq amaldor hozirda poraxo‘rlik va noqonuniy qurol saqlaganlik uchun qamoq jazosini o‘tamoqda.
Izoh (0)