Hindiston huquqni muhofaza qilish organlari “Jamaat ul Mujahidin” terroristik guruhining Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasinaga suiqasd uyushtirib, bu mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirish bilan bog‘liq fitnasini fosh qildi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Hindiston ichki ishlar vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, ekstremistlar Hindiston hududida ham operatsiya amalga oshirishni rejalashtirgan.
Bangladesh bilan chegaradagi G‘arbiy Bengaliya shtatida “Jamaat ul Mujahidin”ning ikki nafar jangarisi bomba tayyorlash vaqtida portlab ketgach, huquqni muhofaza qilish organlari fitna haqida xabar topgan. Hodisa joyida terroristik tashkilotning ushbu maqsadidan darak beruvchi dalil va ma’lumotlar topilgan. Politsiya vakillarining aytishicha, Hindiston guruh rejalari haqidagi mavjud ma’lumotlarni Bangladeshga topshiradi.
Izoh (0)