Yevropa komissiyasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar tayyorlamoqda, deya xabar berdi Segodnya.ua.
“Biz tezlashtirilgan yo‘l bilan, Xalqaro valyuta fondi va ukrainalik sheriklarimiz bilan konsultatsiyalar o‘tkazgan holda, ularning alohida ehtiyojlarini baholashga urinyapmiz”, — dedi Yevrokomissiya matbuot kotibi Pia Arenkilde Xansen Bryusseldagi brifingda.
Iqtisodiy va monetar masalalar bo‘yicha YeI komissari matbuot kotibi Saymon O’Konnerning aniqlik kiritishicha, Ukraina birinchi makromoliyaviy ko‘mak dasturi doirasida 100 million yevro (610 million yevrodan), ikkinchi dastur bo‘yicha esa 500 million yevro (1 milliard yevrodan) yordam qabul qilgan.
“Yaqin haftalar ichida birinchi moliyaviy yordam dasturi doirasida yana 260 million yevro mablag‘ni taqdim etamiz”, — dedi O’Konnor.
Izoh (0)