Rossiya banklarining Ukrainadagi jami yo‘qotishlarini 25 milliard dollar deb baholashmoqda. Bu haqda bank bozoridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Xabar berilishicha, ushbu ma’lumotlar bosh vazir Dmitriy Medvedev ishtirokida o‘tkazilgan yopiq majlisda aytilgan.
Manbaning aniqlik kiritishicha, muhokamalar chog‘ida bu maksimal ehtiyotkorlik bilan berilgan yoki konservativ baho ekanligi ta’kidlangan. “Haqiqiy baho esa ushbu summaning yarmiga teng”, — dedi u.
Shu tariqa gap 12,5 milliard dollar haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.
Bular biznesi Ukraina bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiya kompaniyalariga kredit bergan, o‘z balansi yoki Ukrainadagi sho‘balari balansi hisobidan ukrainaliklarga kredit taqdim etgan barcha Rossiya banklariga tegishli yo‘qotishlardir.
Izoh (0)