Rossiya prezidenti Vladimir Putin sun’iy qoplamali stadionda futbol o‘ynayotib, o‘mrov suyagini sindirib olganini xotirladi, deya xabar bermoqda “Sport-ekspress”.
“Futbolni kamdan-kam o‘ynayman, lekin bir marta sun’iy maydonda o‘ynab o‘mrov suyagimni sindirib olganman”, — dedi prezident FIFA bosh kotibi Jerom Valkening 2018-yilgi jahon chempionatining barcha mashg‘ulot bazalarini tabiiy qoplama bilan ta’minlash haqidagi talabiga javoban.
“Futbolchilar bir xil sharoitlarda mashq qilishi va o‘ynashi kerak”, — degan edi Valke JCh — 2018 tashkiliy qo‘mitasi kuzatuv kengashi majlisida.
Izoh (0)