Moskvada Xavfsizlik Kengashining prezident Putin raisligidagi “Internet tarmog‘ining Rossiya segmenti”ga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Euronews xabar berishicha, Putin avvalroq “Vedomosti” gazetasida paydo bo‘lgan, favqulodda holat yuzaga kelgan taqdirda mamlakat global tarmoqdan uzib qo‘yilishi haqidagi xabarni rad etdi.
“Biz tarmoqqa kirishni cheklash, uni nazorat ostiga olish, Internetni davlatlashtirish, kishilar, jamoatchilik tashkilotlari, biznesning axborot sohasidagi qonuniy manfaatlari va imkoniyatlarini cheklash niyatimiz yo‘q”, — dedi Rossiya prezidenti.
Nashrning eslatishicha, 2015-yil 1-yanvardan Rossiyada internet-kompaniyalarga rossiyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini faqat RFdagi serverlarda saqlash majburiyatini yuklovchi qonun kuchga kiradi. Ushbu qonun o‘zining rossiyalik foydalanuvchilariga tegishli ma’lumotlarni Rossiya serverlariga o‘tkazishdan bosh tortgan xalqaro servislarni (masalan, Google, Facebook, Twitter) yopib qo‘yish imkoniyatini beradi.
Izoh (0)