AQSh Maxfiy xizmati direktori Juliya Pirson 10 kun avval Oq uyda sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni to‘liq o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
O‘sha kuni AQSh prezidenti qarorgohi hududiga 42 yoshli amerikalik harbiy veteran Omar Gonzales noqonuniy ravishda kirib, majmuaning asosiy eshigigacha chopib borishga muvaffaq bo‘lgan. Shundagina u qurollangan soqchilar tomonidan ushlab olingan.
“Buning uchun men javobgarman, — dedi Pirson vakillar palatasining nazorat va hukumat islohoti bo‘yicha qo‘mitasida nutq so‘zlar ekan. — Bo‘lib o‘tgan voqea nomaqbul va u boshqa qaytarilmaydi”.
“Bizning xavfsizlikni ta’minlash rejamiz tegishlicha amalga oshmay qoldi”, — deya tan oldi Maxfiy xizmat rahbari.
Izoh (0)