Gonkongdagi namoyishlar Xitoyning ichki ishidir, deb hisoblaydi Xitoy rahbariyati va boshqa davlatlarni o‘zlarini Pekinga bosim o‘tkazishdan tiyishga, “alohida avtonom tuman” hududidagi voqealarga aralashmaslikka hamda namoyishchilarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmaslikka chaqiradi.
Xitoy ichki ishlar vaziri Van I Vashingtonda amerikalik hamkasbi bilan muzokaralar chog‘ida shunday bayonot bilan chiqdi, deb yozadi Euronews.
“Ishonchimiz komilki, Gonkongning barqarorligi va gullab-yashnashi uchun maksimal imkoniyat darajasidagi avtonomiya, qonun ustunligiga ega ochiq jamiyat zarur. Gonkong hukumati namoyishchilar huquqlarini hurmat qilishiga umid bildirib qolamiz”, — dedi Jon Kerri bunga javoban.
Gonkongda 28-sentabr, yakshanba kuni politsiyaning namoyishchilarni tarqatib yuborish maqsadida amalga oshirgan muvaffaqiyatsiz urinishlaridan keyin vaziyat tinch bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)