Barak Obama ma’muriyati Saudiya Arabistoniga umumiy qiymati 1,75 milliard dollarga teng Patriot zenitli raketa majmualari va boshqa harbiy texnikani sotish haqidagi hujjatni tasdiqladi, deya xabar bermoqda Associated Press AQSh mudofaa vazirligi Harbiy hamkorlik boshqarmasi bayonotiga tayanib.
Unda aytilishicha, Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga 202 ta Patriot zenitli raketa majmualari, ishga tushirish qurilmalari, zaxira qismlar va boshqa harbiy texnikani o‘tkazishni ma’qulladi.
Xabarda keltirililganidek, sotuv Yaqin Sharqdagi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy progressni ta’minlashda muhim rol o‘ynovchi Saudiya Arabistoni xavfsizligini yaxshilaydi.
Izoh (0)