Rossiya qo‘shinlari butun Ukraina hududi, jumladan Qrimdan ham chiqarib ketilishi kerak, deb hisoblaydi Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastian Kurts. Bu haqda u “Kommersant” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ukraina hududiy yaxlitligini hurmat qilish kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Sanksiyalar haqidagi savollarga javob berar ekan, Avstriya TIV rahbari “Yevroittifoq mamlakatlari ham Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar va RFning javob choralaridan aziyat chekayotgani”ni ta’kidladi. U, shunga qaramay, Yevropa bunday hisob-kitobga tayyorligini aytdi va hech kim bunday chora qo‘llashga to‘g‘ri kelganidan mamnun emasligini bildirdi.
Diplomatning ta’kidlashicha, Yevroittifoq bundan keyin ham Ukrainadagi nizolarning muzokaralar orqali tinch hal etilishiga umid qiladi.
Izoh (0)