Amerikaning JetBlue aviakompaniyasiga tegishli samolyot Kaliforniya shtatining Long-Bich shahridagi aeroportga majburan qo‘ndi. Bunga dvigateldagi muammo sabab bo‘ldi. “ITAR-TASS”ning AQSh OAVlariga tayanib xabar berishicha, natijada to‘rt kishi jabrlangan.
Bortida 142 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Airbus A320 Long-Bichdan Ostin (Texas shtati) shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan.
Samolyot yerdan ko‘tarilishi bilan kapitan bortda dvigatellardan biri bilan bog‘liq muammo tufayli favqulodda holat yuzaga kelganini e’lon qildi va bir necha daqiqadan so‘ng samolyot parvoz amalga oshirilgan aeroportga qaytib qo‘ndi.
Havo kemasi bortida bo‘lgan yo‘lovchilar puflab shishirilgan ko‘chma zina orqali evakuatsiya qilindi. Ayni paytda samolyot texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, layner bortida Twilight (“Sumerki”) filmlaridagi roli bilan taniqli bo‘lgan aktyor Jekson Retboun ham bo‘lgan.
Izoh (0)