16-sentabrda BMT Bosh assambleyasining 69-sessiyasi rasman ochiladi. An’anaviy umumiy muzokaralar 24-sentabr kuni boshlanib, 1-oktabrga qadar davom etadi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today.
23-sentabrda umumsiyosiy bahslar oldidan iqlim bo‘yicha sammit o‘tkaziladi. 22—23-sentabrda esa mahalliy xalqlar bo‘yicha Butunjahon anjumani bo‘lib o‘tadi.
22-sentabr kuni Bosh Assambleyaning Aholi va taraqqiyot bo‘yicha Xalqaro anjumani va kelgusi faoliyatiga bag‘ishlangan 29-maxsus sessiyasi tashkil qilinadi.
Har yili sentabrdan dekabrgacha bo‘lgan davrda Assambleyaning jadal sessiya ishlari olib boriladi, shundan so‘ng zaruriyatga qarab, majlislar o‘tkaziladi.
Izoh (0)