Avval xabar berganimizdek, bugun Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo o‘yinlari doirasida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 termasi Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Gonkongga qarshi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Uff.uz’ning “Sport” telekanali xodimlariga tayanib xabar berishicha, ushbu uchrashuvni translyatsiya qilish borasida tegishli ishlar olib borilmoqda. Hozircha o‘yinning translyatsiya qilinish yoki qilinmasligi so‘roq ostida turibdi.
“Bu bo‘yicha o‘yin vaqtiga yaqin aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)