Shotlandiyaning “Seltik” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniyaning “Vilyarreal” futbol klubi to‘liq tarkibida saraton bilan xastalangan 13 yoshli bola maydonga tushdi. Bu haqda Segodnya.ua xabar berdi.
“Vilyarreal”ning yosh muxlisi Goxan “El Madrigal” stadionidagi o‘yinda sevimli jamoasining uy matchida ishtirok etib, o‘z orzusini amalga oshirdi.
Bu uchrashuvni xayriya jamg‘armasi tashkil etdi, undan tushgan mablag‘ saratonga chalingan bolalarga ko‘maklashishga yo‘naltiriladi.
Goxan o‘yindan avval futbolchilar bilan suhbatlashdi, shundan so‘ng 12-raqam ostida maydonga chiqdi. Birinchi zarbadayoq Goxan gol urishga muvaffaq bo‘lgach, tomoshabinlar olqishlari ostida uni boshqa o‘yinchi bilan almashtirishdi.
Izoh (0)