Pyotr Poroshenko Ukraina uchun jang qilishga va hattoki o‘lishga tayyorligini aytdi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua uning BBC’ga bergan intervyusiga tayanib.
“Men o‘z mamlakatim uchun kurashishga va hattoki uning uchun o‘limga ham tayyorman. Sizlarni ishontirib aytamanki, Ukraina aholisining juda ko‘pchiligi ham xuddi shunday qurbonliklarga tayyor”, — deya ta’kidladi Poroshenko.
“Shunga ishonchim komilki, Ukraina davlat sifatida va men shu davlat yetakchisi sifatida mamlakatimizda tinchlik o‘rnatilishi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilmoqdamiz. Men urushni to‘xtatish uchun, tinch aholi va harbiylarning ommaviy qirg‘iniga chek qo‘yish uchun ilojim boricha urinayapman”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.
Pyotr Poroshenko, shuningdek Ukraina hududiy yaxlitligi va suvereniteti o‘zgarishsiz qolishini qayd etdi.
Izoh (0)