Yaponiyada tabiiy ofatlarni prognoz qilish va ular haqida xabardor etishning yangi vositasi paydo bo‘ldi. Bu yerosti silkinishlari haqida ogohlantirish tizimiga ega savdo avtomatlaridir, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS”.
Turli oziq-ovqatlar, asosan salqin ichimliklar bilan savdo qiluvchi avtomatlar milliy meteorologik boshqarma bazasiga ulangan. Kuchli zilzila yaqinlashganida ularda sirena va xabar berish tizimi ishlab ketadi, u ayol kishining baland ovozida zarur ehtiyot choralari haqida ogohlantiradi.
Hozircha bunday avtomatlar asosan sunami zarbalari xavfi bo‘lgan sohil chiziqlari bo‘ylab joylashtirilmoqda.Ular aholini zilziladan tashqari, ob-havo ma’lumotlari, shuningdek mahalliy va dunyo yangiliklari haqida xabardor qiladi.
Izoh (0)