8-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston — Yangi Zelandiya o‘yinini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida O‘FF rasmiy tvitteri xabar qilmoqda, deb yozadi Uff.uz.
Unga ko‘ra ushbu bahsni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Alisher Usmonov yordam berishadi. To‘rtinchi hakam — Sherzod Qosimov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 8-sentabr dushanba kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
Izoh (0)