• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Istiqlol yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb besh karra o‘sdi

    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ochib berib, mustaqillik yillarida barcha sohalarda erishib kelinayotgan yutuqlar va taraqqiyot ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

    Prezident tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyot tamoyillari — “o‘zbek modeli” asosida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy bo‘hronlarning oldini olib, islohotlar samaradorligini ta’minlamoqda.

    Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududdagi muhim masalalarni hal etmoqda. Mahalliy boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda. Mahallada tom ma’nodagi demokratik qadriyatlar rivojlanmoqda.

    Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Toshkent, Marg‘ilon singari qadim va muazzam shaharlar yubileyi xalqaro miqyosda tantana qilindi. “Avesto”ning 2700-yilligi, “Alpomish”ning 1000-yilligi, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligini nishonlash asnosida O‘zbekiston tarixi yanada teran o‘rganildi, shaharsozlik, madaniyat ildizlari tadqiq etildi.

    Mustaqillik yillarida Islom Karimov rahnamoligida bolalarning sog‘lom tug‘ilishi va barkamol ulg‘ayishi uchun barcha sharoit yaratildi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, bolalar sportini rivojlantirish kabi sohalardagi islohotlar o‘zaro uzviylik kasb etib, izchil amalga oshirildi.

    Qat’iy siyosati va ezgu tashabbuslari sabab O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori tobora oshib bormoqda. Eng rivojlangan davlatlar, dunyoga dong‘i ketgan firma va kompaniyalar O‘zbekiston bilan hamkorlikka intilmoqda.

    Bugun O‘zbekiston 130 dan ortiq davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. Toshkentda 45 mamlakatning elchixonasi, yigirmaga yaqin xalqaro tashkilot va moliyaviy muassasa vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida O‘zbekistonning 50 ga yaqin diplomatik va konsullik vakolatxonasi ochilgan. Mamlakatimiz BMT, ShHT, MDH, Islom konferensiyasi tashkiloti kabi nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarga a’zo.

    Islom Karimov tomonidan avtomobilsozlik, motorsozlik zavodlariga, neft va gazni qayta ishlash, zamonaviy maishiy texnikalar, komputer va mobil telefonlar ishlab chiqarish kabi yangi sanoat tarmoqlariga asos solindi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo, qurilish materiallari sanoati korxonalari modernizatsiya qilindi. Bugun ularda tayyorlangan mahsulotlar aholi ehtiyojini to‘la ta’minlab, dunyo bozorlarini ham zabt etmoqda.

    Yaqinda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlararo statistika qo‘mitasi mintaqa mamlakatlarining 2014-yil birinchi yarim yilligidagi rivojlanish ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinni egalladi.

    Bundan atigi 23 yil oldin O‘zbekiston ushbu mintaqada ayni shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng oxirgi o‘rinlarda turardi. Prezident rahnamoligida iqtisodiyot tarkibi tubdan o‘zgartirilgani, sanoat rivojiga alohida e’tibor qaratilgani samarasida O‘zbekiston bu sohada ham birinchilar safiga chiqib oldi.

    Turli islohotlar samarasida istiqlol yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb besh karra o‘sdi. Aholi daromadlari jon boshiga 8,7 barobar ko‘paydi. Keyingi o‘n yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati sakkiz foizdan oshdi. Joriy yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 8,1 foizni tashkil etdi.

    Erishilgan natijalar bilan cheklanmasdan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha imkoniyatlari izlanmoqda. 2013-yil 22-noyabr kuni poytaxtda Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Xalqaro energetika agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tuzilmalar vakillari, soha mutaxassislari va olimlar ishtirok etgan anjumanda mamlakatimizda quyosh energetikasini rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.

    O‘zbekistonning har bir go‘shasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Dunyo miqyosida ham noyob sanalgan yirik zavodlar, sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda.

    Prezident tashabbusi bilan O‘zbekiston  shaharlari bosh reja asosida qayta qurilmoqda. Buni Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Termiz, Qarshi, Urganch, Nukus, Farg‘ona kabi shaharlar misolida ko‘rish mumkin: ushbu shaharlar qiyofasi butunlay o‘zgardi, ijtimoiy infratuzilma rivojlandi.

    Madaniyat va san’at saroylari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport muassasalari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari, dam olish maskanlari hududlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.

    Qishloqlarda barpo etilayotgan zamonaviy uylar oilalar farovonligini yuksaltirmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida minglab ana shunday yangi uy-joylar o‘z egalariga topshirildi.

    O‘zbekistonda transport infratuzilmasi izchil rivojlanmoqda. Yangi yo‘llar, yo‘l o‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. O‘zbekiston  hududlari yagona temir yo‘l tarmog‘iga bog‘lanmoqda. 2013-yilda ulkan strategik ahamiyatga ega yana bir yangi yo‘l — Angren-Pop temir yo‘li qurilishi boshlandi. 124 kilometrlik mazkur temir yo‘l, shu jumladan, 19 kilometrlik tunnel O‘zbekistonning markaziy qismini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydi, Sharqiy Osiyo mamlakatlarining G‘arb davlatlariga chiqishida muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.

    Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan tub islohotlar, fermerlik harakatining samaradorligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, meva, uzum yetishtirish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmi oshib boryapti.

    Joriy yilning 6-iyunida poytaxtda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnashgan xorijlik mutaxassislar va ishbilarmonlar buni yana bir bor e’tirof etdi, O‘zbekiston erishgan yutuqlarni tan oldi.

    Bu yil dehqonlar sakkiz million 50 ming tonnalik yuksak xirmon bunyod etdi. Mustaqillikkacha don va un ta’minoti bo‘yicha boshqalarga qaram bo‘lib kelgan xalq ayni paytda o‘z ehtiyojini ta’minlash bilan birga, xorijiy davlatlarga don eksport qilmoqda. G‘allachilik rivoji chorvachilik va parrandachilik kabi boshqa ko‘plab tarmoqlarga ham ijobiy ta’sir etib, go‘sht, sut, tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l bo‘lishini ta’minlamoqda.

    01.09.2014, 12:40   Izoh (0)   21847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda senatorlar uy qamog‘i to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

    31.08.2014, 11:33

    “O‘zbektelekom” 1 megabit narxini 299 dollargacha tushirdi

    31.08.2014, 10:16

    Toshkentda avtobus simyog‘ochga urilishi natijasida konduktor old oynadan otilib ketdi

    30.08.2014, 13:13

    Islom Karimov Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

    30.08.2014, 09:10

    O‘zbekiston reklama agentliklari O‘rta Osiyo marketing festivalida 6 ta mukofotga ega bo‘ldi

    29.08.2014, 11:36

    Seul meri: “Toshkentdagi Seul bog‘i O‘zbekiston va Janubiy Koreya aloqalarini yanada mustahkamlaydi”

    29.08.2014, 11:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.