“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 29-avgustdan O‘zbekiston internet-provayderlari uchun tashqi kanalga sekundiga 1 megabit tezlikda ulanish bo‘yicha internet xizmatlari narxini 299 dollar 22 sentgacha arzonlashtirdi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Kompaniyaning qayd etishicha, 2014-yil hisobidan provayderlar uchun internet-xizmatlari narxi uchinchi marta arzonlashtirildi. Bundan avval, narx 11-iyundan 306,04 dollargacha, 11-iyuldan esa 303,51 dollargacha pasaytirilgan edi.
Taqqoslash uchun, 2013-yilda bu xizmatlar besh marta – yanvar, fevral, iyun, avgust va dekabr oylarida 409 dollardan 322 dollargacha arzonlashtirilgan edi.
2012-yilda esa narxlar yetti marta arzonlashtirilgan edi. 2012-yil yanvarida sekundiga 1 megabit tezlikda tashqi kanalga ulanish narxi 500 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxirida 422 dollargacha arzonlashgandi.
Izoh (0)