USM Holdings Ltd kompaniyasi aksiyalarining 10 foizini o‘z aksiyadori Alisher Usmonovdan sotib olganini e’lon qildi. Qimmatli qog‘ozlar xolding boshqaruvchilariga taqsimlab beriladi. Bu haqda xolding matbuot xizmati xabar berdi. Bitim narxi oshkor etilmayapti.
Alisher Usmonov USM Holdings Ltd’ning nazorat qiluvchi aksiyadorligidan chiqadi, biroq u kompaniyaning 48 foizdan iborat eng yirik aksiyalar paketi egasi bo‘lib qoladi. 10 foiz aksiyalardan tushgan daromadni Usmonov dunyoning turli mintaqalarida kon sanoati, yuqori texnologiyalar sohasi va media-kontent ishlab chiqarishga yo‘naltirmoqchi.
Kompaniyadagilarning aytishicha, Alisher Usmonov ishdan chetlashmoqchi emas, uning USM asoschisi sifatidagi roli asosiy bo‘lib qoladi. USM Holdings Ltd esa biznesmenning eng yirik aktivi bo‘lib qoladi. Guruhni boshqarish ishini kelajakda Direktorlar kengashining hozirgi raisi Farhod Moshiriy davom ettiradi.
Izoh (0)