AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi Sofi laqabli mushuk eng uzun yung bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Time nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Jonivorning yungi 26 santimetr uzunlikda bo‘lib, bu avvalgi rekordchi — Polkovnik Miyov ko‘rsatkichidan 3 santimetrga ko‘p demakdir.
Mushukning egasi so‘zlab berishicha, Sofi uning qo‘liga tasodifan tushib qolgan: ayol sayr qilib yurganida o‘tkinchilar unga o‘sha paytda kichkina bo‘lgan mushukchani olishni taklif qilgan.
Izoh (0)