AQSh davlat departamentida Edvard Snoudenga Rossiyada uch yil muddatga istiqomat uchun guvohnoma berilganiga nisbatan norozilik bildirishdi va yana uning vataniga qaytishi kerakligini ta’kidlashdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Davlat departamentining rasmiy vakili Mari Xarf AQShning Snoudenga munosabati avvalgi holicha qolganini aytdi. “Biz u qaytib kelib, o‘z xatti-harakatlari uchun javob berishi kerak, deb o‘ylaymiz”, — dedi u.
“Rossiya qilgan ishga qat’iy norozilik bildirishdan boshqa narsa qo‘limizdan kelishiga ishonchim komil emas”, — deya ta’kidladi davlat departamenti vakili.
Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden uch yil muddatga Rossiya Federatsiyasida istiqomat uchun guvohnomaga ega bo‘ldi. Bundan avval u Rossiyada vaqtincha boshpana bilan yashagan, uning muddati esa 1-avgust kuni tugagan edi.
Izoh (0)