Joriy yilning 2-8-sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi” tashkil etilib, davlat muzeylarining barcha xohlovchilar uchun ochiqligi ta’minlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
“Haftalik doirasida muzeylarda xalqimizning boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi roli zamonaviy texnologiyalar asosida keng targ‘ib qilinadi”, — deydi O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi ma’naviy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi boshlig‘i Alisher Musayev.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda yangi o‘quv yilidan boshlab haftaning har seshanba va juma kunlari o‘quvchi-talabalarni muzeylarga jalb etish rejasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur rejaga binoan, bir qator nazariy fanlar endilikda bevosita muzeylarda tashkil etiladi.
Xabar berilganidek, hozirda barcha davlat muzeylari haftaning har seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)