BMTning falastinlik qochoqlarga yordam berish uchun Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) matbuot kotibi Kris Gannes Al Jazeera telekanaliga intervyu berish chog‘ida yig‘lab yubordi. Bu haqda The Independent nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Kris Gannes G‘azo sektoridagi BMT maktabining o‘qqa tutilishi haqida gapirar ekan, ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
Keyinroq u o‘z tvitterida “ko‘z yoshlari fikrni so‘zlarga qaraganda ta’sirliroq qilib yetkazib berishi”ni yozdi va uning hissiyotlari G‘azo fuqarolari boshidan o‘tkazayotganlari oldida “hech narsa” ekanini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)