Amerikalik kongressmenlar AQSh prezidenti Barak Obamani sog‘liqni saqlash tizimida islohotlar o‘tkazishda xizmat mansabini suiiste’mol qilgani uchun javobgarlikka tortish haqidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
30-iyul, chorshanba kuni Kongress vakillar palatasining 225 a’zosi bu qarorni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 201 a’zo qarshi chiqdi.
Kutilganidek, qonun loyihasi prezidentning opponentlari — Respublikachilar partiyasi a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, uning tarafdorlari bo‘lmish demokratlar esa tashabbusga qarshi chiqdi.
Ma’qullangan rezolyutsiya vakillar palatasi huquqshunoslariga 1-avgustdan boshlanadigan parlament ta’tili vaqtida Obamaga qarshi zaruriy yuridik hujjatlarni tayyorlash imkonini beradi.
Izoh (0)