Ukraina sharqida olib borilayotgan aksilterrorchilik operatsiyalarida so‘nggi kunlarda 13 nafar ukrain harbiylari halok bo‘ldi, yana 19 nafari yaralandi. Bu haqda Ukrainaning “Segodnya” nashri xabar berdi.
“Harbiy operatsiya boshidan buyon esa jami 325 harbiy qurbon bo‘lgan, 1232 kishi turli darajada jarohat olgan”, — dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot markazi spikeri Andrey Lisenko.
So‘nggi hafta davomida ukrain qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi Dzerjinsk, Soledar, Karlovka, Netaylovo, Luganskdagi Lisichansk, Severodonetsk, Popasnaya, Rubejnoye, Yubileyniy, Pervomayskoye aholi punktlarini jangarilardan ozod qildi hamda Luganskdagi strategik muhim bo‘lgan Georgiyevka aholi punkti ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi
Izoh (0)