Braziliyaning Belu-Orizonti shahri meri Marsio Laserda avtomobil estakadasi qulashi natijasida halok bo‘lganlar uchun uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda Mashable nashriga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Jahon chempionatidan oldin infratuzilmani rivojlantirish dasturiga binoan qurilayotgan estakada (ko‘prik) 8-iyul kuni mundialning yarim final uchrashuvi o‘tkazilishi kutilayotgan stadiondan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. Ushbu obyekt qulashi natijasida uning ostida bitta avtobus, ikki yuk va bitta yengil avtomobil qolib ketdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha faqat 25 yoshli avtobus haydovchisi Xann Kristin Santosning halok bo‘lgani aniq. Turli manbalarda qayd etilishicha, 10 dan ortiq kishi jabrlangan.
Braziliya prezidenti Dilma Russeff voqea qurbonining oilasi va jabrlaganlarga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)