Prezident Islom Karimov o‘zining 16-iyundagi qarori bilan O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish to‘g‘risida imzolangan bitimni tasdiqladi.
Ushbu bitim 2013-yil 5-noyabr kuni Madrid shahrida O‘zbekiston delagatsiyasining tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi tashrifi davomida imzolangan.
Prezident tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llash vazifasini yukladi.
Izoh (0)