Abituriyentlar uchun ayni hayajonli damlar yaqinlashayotgan bir paytda WWW.uz sayti oliy o‘quv yurtlarining top-reytingini e’lon qildi. Ushbu reyting abituriyentlarning OTMlarga qiziqish darajalari bilan bir qatorda, oliy o‘quv yurti saytiga tashrif buyurish uchun sabab bo‘ladigan qiziqarli ma’lumotlar hajmini ham ko‘rsatib beradi, deb yozadi Uzinfocom korporativ blogi.
Ro‘yxatda katta farq bilan ikki oliy o‘quv maskani —Vestminster xalqaro universiteti va Samarqand Davlat tibbiyot instituti yetakchilik qilmoqda. Samarqand Davlat tibbiyot instituti rasmiy saytida har bir tashrif buyuruvchi o‘rtacha 25 ta sahifani ko‘rib chiqqan. Ularning barchasi elektron masofaviy ta’limga tegishli sahifalardir. Vestminster universiteti saytida esa bu ko‘rsatkich 4 tani tashkil qiladi.
Samarqand Davlat chet tillar instituti saytida mehmon bo‘lganlardan har biri o‘rtacha 40 ta sahifaga tashrif buyurgan. Ular ham masofadan turib til o‘rganish sahifasi foydalanuvchilaridir.
Oliy o‘quv yurti saytlarining 2/3 qismi sutkasiga 100 kishidan kam bo‘lgan tashrif buyuruvchilarga ega, 1/3 qismi esa 50 kishidan kam bo‘lgan tashrifchilarga ega. Demak, abituriyentlarning ushbu oliy o‘quv yurtlariga bo‘lgan qiziqishi kam, rasmiy saytda yetarlicha ma’lumotlar berilmagan va interaktiv xizmatlar mavjud emas.
Izoh (0)