“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning “Buxoro” aeroporti MDH davlatlaridagi eng tez rivojlanayotgan aeroport sifatida e’tirof etildi. Ushbu natija yiliga 100 dan 500 minggacha yo‘lovchilarni tashiydigan aeroportlarning 2013-yildagi faoliyati natijalaridan kelib chiqdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
“Aeroport” Fuqarolar aviatsiyasi uyushmasining turli yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lgan aeroportlarni taqdirlash marosimi Moskvada bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro aeroporti vakillariga diplom topshirildi.
Buxoro aeroporti avval ham ushbu tanlovda qatnashib, turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)