Rossiya Federatsiyasiga qarashli Kareliya Respublikasidagi Petrozavodsk davlat universiteti shu yili qator o‘zbekistonliklarni talabalar safiga qabul qilishi mumkin. Bu haqda Gazeta-petrozavodsk.ru xabar berdi.
“Yaqinda Kareliya universitetida Toshkentdagi xorijiy talabalarni jalb etish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan biri bilan telemuloqot o‘tkazildi”, — deyiladi xabarda. Unda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston yoshlarining ko‘pchiligi Petrozavodskda muhandislik, yurisprudensiya, iqtisodiyot, biznes va menejment sohalarida o‘qishga qiziqadi.
“Bunday dasturlar har ikkala tomon uchun manfaatlidir, — deyiladi xabarda. — O‘zbekiston malakali mutaxassislarga ega bo‘lsa, Rossiya hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi”.
Izoh (0)