O‘zbekiston Gallup World tadqiqot tashkiloti tomonidan tuzilgan baxtli davlatlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Ijobiy taassurotlar ko‘rsatkichi (Positive Experience Index) reytingida O‘zbekiston 138 mamlakat ichida 29-o‘rinda joylashdi.
Ushbu reytingda O‘zbekiston MDH davlatlari ichida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, u Fransiya (34-o‘rin), Finlyandiya (36), Italiya (45), Buyuk Britaniya (54) va Yaponiya (60) kabi ba’zi rivojlangan mamalakatlarni ortda qoldirdi.
Paragvay, Panama va Gvatemala ro‘yxatda yetakchilik qildi. AQSh 15-o‘rinda joylashdi.
Gallup kompaniyasining ta’kidlashicha, ko‘p pul topadigan kishilar baxtliroq bo‘lib chiqqan. “Biroq baxt har doim ham pulga sotilavermaydi”, — deya ta’kidlandi xabarda.
Reyting 138 mamlakatning har birida mingga yaqin kishilardan olingan so‘rov natijasida tuzilgan.
Izoh (0)