O‘zbekiston fuqarosi Malayziyaga giyohvandlik vositalarini olib kirmoqchi bo‘lganida Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda Anhor.uz xabar berdi.
Aeroport bojxona nazorati direktori Datuk Chik Omar Chik Lim ma’lum qilishicha, 50 yoshli kishi Toshkentdan Malayziya poytaxtiga uchib kelgan. Uning yukini skanerdan o‘tkazish chog‘ida g‘alati vaziyat kuzatilgan. Shundan so‘ng yuklarining barchasini puxtalik bilan tekshirishga qaror qilishgan. Natijada O‘zbekiston fuqarosi yuklari orasidan yettita qahva paketi topilgan, ularning ichi metamfetaminlar bilan to‘ldirilgan.
O‘zbekiston fuqarosiga o‘lim jazosi belgilanishi mumkin — Malayziyada mamlakatga giyohvand moddalar kiritishga urinish xatti-harakatlari aynan shunday tarzda jazolanishi belgilangan.
Izoh (0)