Germaniyaning ThyssenKrupp kompaniyasi Navoiy viloyatidagi kimyo majmuasi qurilishida qatnashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UzDaily xabar berdi. Batafsil muzokaralar yaqin oylarda boshlanadi.
2013-yil mayida “Navoiyazot” OAJ 900 ming tonna ammiak va 1 million tonna karbamid ishlab chiqarish quvvatiga ega majmuani qurib, tayyor holatda topshirish uchun dastlabki qiymati 800 million dollarga teng tender e’lon qilgan edi.
2014-yil yanvarida yuqori narxi sababli tander amalga oshmagan deb e’lon qilindi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investorlarni jalb etishga qaror qilindi.
Umumiy qiymati 961,7 million dollar bo‘lgan loyiha chet el kreditlari va o‘zbek tomoni mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
“Navoiyazot” O‘zbekistondagi eng yirik kimyoviy korxona bo‘lib, 1964-yilda ishga tushirilgan. Zavod azot o‘g‘itlar, nitron tola va boshqalar ishlab chiqarishga ixisoslashgan.
Izoh (0)