29-may kuni kechki payt “Bunyodkor” metro bekati yaqinidagi “Muloqot.uz kafesi” ro‘parasida yigit sevgilisidan uzr so‘rash uchun gul yaproqlaridan yurak yasab, yoqilgan shamlar bilan bezatgan. Ma’lum bo‘lishicha, qiz kafe joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida istiqomat qilar ekan.
Kafe xodimlarining ta’kidlashicha, yigit shamlarni yoqib qizga qo‘ng‘iroq qilgan va ranjitgani uchun uzr so‘rab, derazadan qarashini aytgan. Bu holatni qizning qo‘shnilari va kafeda bo‘lgan kishilar ham qiziqish bilan kuzatgan.
Qizig‘i, bu “yurak”ni olib tashlashga hatto obodonlashtirish xizmati vakillari ham jur’at etmagan. Oshiq yigitning sevgi izhori aks etgan ramz xabar yozilayotgan paytda ham o‘z joyida turgan edi.
Izoh (0)