Xitoyning Shanghai Electric kompaniyasi “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 35 million dollarlik uskunalar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Noviy vek” xabar berdi.
Shartnomaga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi yil davomida zarur uskunalarni (transformatorlar, akkumulyatorlar) Samarqand, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun yetkazib beradi. Shartnoma Jahon banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Izoh (0)