Jahon banki O‘zbekiston hukumatiga 2014—2015-yillarda 660,8 million dollarlik kredit ajratishi mumkin. Bu haqda “Noviy vek” xabar berdi.
Jahon banki ma’lum qilishicha, mamlakat bilan sheriklik strategiyasiga kiritilgan to‘rtta loyiha ishlab chiqish bosqichida turibdi. Xususan, shu yilning ikkinchi yarmida bank Qoraqalpog‘iston respublikasida drenaj tizimini modernizatsiya qilish uchun 260,8 million dollar taqdim etadi.
2015-yil boshida Jahon banki “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga 200 million dollar kredit taqdim etadi. U Qamchiq dovoni orqali mamlakat sharqiga quriladigan temir yo‘l liniyasiga sarflanadi. Bundan tashqari, bog‘dorchilikni rivojlantirishga 150 million dollar, ta’lim sohasidagi islohotlar uchun 50 million dollar kredit ajratish ko‘zda tutilgan.
Kreditlar Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi tomonidan ajratiladi va 40 yil muddatga (jumladan 10 yillik imtiyozli muddat) 0,75% yillik stavka bilan taqdim etiladi.
Izoh (0)