Braziliyaning “Atletiko Mineyro” futbol klubi yarim himoyachisi Ronaldinyo futbol bo‘yicha jahon chempionati davrida o‘zining Rio-de-Janeyrodagi uyini ijaraga bermoqchi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Chempionatda o‘yinchi sifatida qatnashmaydigan 34 yoshli futbolchi mundialdan o‘z uyi yordamida foyda ko‘rib qolmoqchi. Ronaldinyoning uyida bir sutka qolish taxminan 15 ming dollarga tushadi.
2004- va 2005-yillarda Ronaldinyo FIFA versiyasi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. U 2002-yilning jahon chempioni hisoblanadi. Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari futbolchini mundial tarkibiga kiritmadi.
Izoh (0)