WBA versiyasiga ko‘ra superog‘ir vazn bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev keyingi jangni Chechenistonda o‘tkazadi. U 7-iyunda Grozniy shahridagi “Ahmad Arena”da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Anons” nashri xabar berdi.
O‘zbekiston vakili sifatida ringga tushadigan Chagayev WBA reytingidagi top o‘ntalikka kirgan bokschi Fres Okendo bilan bellashadi. Musobaqa g‘olibi WBA’ning doimiy chempioni nomiga ega bo‘ladi.
Fres Okendo 1997-yildan buyon professional boks bilan shug‘ullanadi. U 43 marta ringga tushib, 36 tasini yutgan, ularning 23 tasida nokaut bilan g‘alaba qozongan.
Nashrning eslatishicha, Butunjahon boks assotsiatsiyasining yangi reytingida Ruslan Chagayev ikkinchi o‘rinni egallagan.
Izoh (0)