• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada 270 tup daraxt noqonuniy ko‘chirildi. Zarar 1,8 mlrd so‘m

    Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida 270 tup daraxt noqonuniy ko‘chirilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi. 

    Foto: Ekologiya vazirligi

    Ma’lum qilinishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar “Huvaydo” MFY hududidan oqib o‘tgan “Besholish” soy bo‘yidan 270 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar noqonuniy ko‘chirilishi holati bo‘yicha tegishli o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

    O‘rganish natijalariga ko‘ra ushbu yer maydonida ko‘p yillik qimmatbaho daraxtlar mavjudligiga qaramasdan, 2025-yil 22-yanvarda Quvasoy shahar hokimi tomonidan auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan.

    Shuningdek, ushbu yer maydonida ko‘p qavatli turar joy binolari, yirik universal va ixtisoslashtirilgan savdo do‘konlari, supermarketlar, restoranlar qurish loyihasini amalga oshirish va auksion savdolariga chiqarish maqsadida yer maydoni 2 ta lotga bo‘lingan holda “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan. 

    Ta’kidlash joizki, kelishish  jarayonida Quvasoy shahar ekologiya bo‘limi tomonidan 2025-yil 3-fevralda “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘p yillik daraxtlar mavjud bo‘lgani sababli ushbu yer maydonida loyihani amalga oshirish mumkin emasligi ko‘rsatilgan va rad javobi berilgan.

    Shunga qaramasdan, Quvasoy shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. N.M.ning topshirig‘iga asosan 11–14-fevral kunlari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 270 tup (sasna, kashtan, katalpa, Yapon  saforasi, tut, aylant) daraxt 16 ta joyga noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tqazilgan va 9 tup daraxt ko‘chirish jarayonida nobud qilingan.

    Shuningdek, hokimlik mansabdor shaxslarining noto‘g‘ri qarorlari va noqonuniy topshiriqlari oqibatida ko‘chirilgan daraxtlar kelgusida nobud bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan yer maydonlariga ekilgan.

    Daraxtlarni noqonuniy ko‘chirish natijasida tabiatga umumiy 1 mlrd 829 mln 437 ming 500 so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

    Ayovsiz kesilayotgan daraxtlar

    Toshkent viloyatida 2 tup ko‘p yillik chinorni kesgan shaxs tabiatga 199 mln so‘m zarar yetkazgani haqida xabar berilgandi. Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortilgandi.

    Shuningdek, Surxondaryoda avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishda qariyb 9,5 ming tup daraxt ko‘chirilishi mumkinligi aytilgandi. Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 tup yong‘oq daraxtini kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazgandi.

    Bundan tashqari, Jizzaxda tut daraxtlari kesilishi oqibatida o‘simlik dunyosiga 738 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

    Jizzax viloyatida esa 19 tup daraxt kesilishi oqibatida tabiatga 435 mln so‘mlik zarar yetkazilgani xabar qilingandi. 

    Bu bo‘yicha qonun

    O‘zbekistonda daraxt kesganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan qonun 2024-yil 1-martdan kuchga kirgan. 

    Unga ko‘ra daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollar qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun:

    • fuqarolar BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha — 8 million 500 ming so‘mdan 17 million so‘mgacha (shu paytga qadar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha edi),
    • mansabdorlar BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha, ya’ni 17 million so‘mdan 25 million 500 ming so‘mgacha (shu paytga qadar BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha) jarimaga tortiladi.

    O‘zbekistonda noqonuniy daraxt kesishga doir moratoriy joriy etilgunga qadar bo‘lgan davrga nisbatan bu kabi qonunbuzarliklar 60 foizga kamaygan. 2025-yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha 848 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga jiddiy ziyon yetkazilgan. Har bir holatda aybdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq jazo choralari qo‘llanilgan.

    3 mart, 17:03   Izoh (0)   1340
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #daraxt

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qalblarga iliqlik baxsh etadigan va hayotga muhabbat uyg‘otadigan 9 ta film

    8 yanvar, 16:43

    Qashqadaryodagi o‘rmon xo‘jaligida 6 tup archa daraxti kesib ketildi (foto, video)

    12 yanvar, 23:10

    O‘zbekistonda kimlarga “ekofaol fuqaro” maqomi beriladi?

    12 yanvar, 18:50

    O‘zbekistonda mahalla bankirlari 1,5 mln kishini doimiy ishga joylashtirishga yordam beradi

    17 yanvar, 16:02

    O‘zbekistonda daraxt ekkan kambag‘al fuqarolarga subsidiya berish yo‘lga qo‘yiladi

    21 yanvar, 14:04

    Toshkentda uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga kredit olgan taksichi, O‘FA prezidentligini tark etgan Abdusalom Azizov, mashina urib yuborishi oqibatida vafot etgan 32 y...

    21 yanvar, 23:19

    Markaziy va ichki ko‘chalarni yoritishda isrofgarchilikni qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi

    23 yanvar, 16:21

    Jizzaxda tut daraxtlari kesilishi oqibatida o‘simlik dunyosiga 738 mln so‘mlik zarar yetkazildi

    23 yanvar, 22:15

    Prezident energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi

    27 yanvar, 21:30

    Brejnev tufayli ekranlarga chiqqan film — “Kavkaz asirasi” qayerda suratga olingan?

    3 fevral, 18:55

    Samarqandda chinor kesgan shaxs tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi

    3 fevral, 17:55

    Toshkent viloyatida 4 tup shumtolni kesgan shaxs tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazdi

    4 fevral, 21:34

    O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar massivlaridagi yashil hududlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    9 fevral, 09:13

    Futbol uchrashuvida chaqmoq urishi oqibatida 4 ayol vafot etdi

    11 fevral, 12:45

    Navoiyda to‘rt tup daraxtni noqonuniy kesgan fuqaro 52,5 mln so‘m to‘ladi 

    11 fevral, 21:45

    O‘zbekistonda 2024-yili eksport hajmi 27 mlrd dollarga yetdi

    11 fevral, 21:29

    Jizzaxda 19 tup daraxt kesilishi oqibatida tabiatga 435 mln so‘mlik zarar yetkazildi

    12 fevral, 19:22

    Zarar 117 mln so‘m: Farg‘onada bir guruh shaxslar ko‘p yillik chinorni arralab qochib ketdi 

    14 fevral, 16:42

    Farg‘onada ko‘p yillik chinorni arralab qochib ketganlar qo‘lga tushdi

    15 fevral, 21:27

    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida 70 ming tup daraxt va buta kо‘chatlari ekiladi

    17 fevral, 20:32

    O‘zbekistonda 2025-yili 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

    17 fevral, 22:30

    Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt boshqa hududga ko‘chirib o‘tqazilmoqda

    17 fevral, 23:00

    Prezidentning Kuvaytga tashrifi, yig‘ilishda qamoqqa olingan elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi, Buxoroda boshqa hududga ko‘chirib o‘tqazilayotgan daraxt...

    17 fevral, 23:40

    Octobank va barqaror taraqqiyot: “Biz kelajak uchun poydevor yaratmoqdamiz”

    19 fevral, 16:30

    Farg‘onada otaxon 2 tup daraxt kesgani uchun 223 ta ko‘chat ekib berdi 

    20 fevral, 23:50

    Qahramonlarini butun dunyo bilsa-da, hech qachon mashhur bo‘lmagan aktyorlar

    28 fevral, 11:45

    Toshkentda daraxtlar qulab tushishiga sabab bo‘lgan omillar ochiqlandi

    26 fevral, 13:37

    Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi 

    26 fevral, 19:15

    Havo harorati “minus”ga tushib ketishi mumkin. Sovuqda daraxt va ozuqa ekinlarni asrab qolish uchun nima qilish kerak?

    26 fevral, 20:56

    Bahorda “Yoshlar yashil bog‘lari” tashkil etilib, 300 mingta daraxt ko‘chatlari ekiladi

    27 fevral, 20:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston musulmon fuqarolarini Bangladeshga noqonuniy deportatsiya qilmoqda — The Guardian

    Dunyo | 19 iyun, 15:55

    MLSda eng ko‘p sotilgan liboslar: Messi peshqadam (TOP-24)

    Sport | 19 iyun, 15:50

    Ilon Maskning Starship raketasi portlab ketdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 15:28

    Hayao Miyazaki tomonidan yaratilmagan Studio Ghibli’ning ajoyib animelari (treyler)

    Layfstayl | 19 iyun, 15:10

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54

    Fors ko‘rfazi davlatlari Eron—Isroil yadroviy harakatlari ehtimolidan xavotirda

    Dunyo | 19 iyun, 14:45

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.