Rossiyaning Leningrad viloyatida Mi-28 vertolyoti halokatga uchragan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.


Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, vertolyot o‘q-dorisiz o‘quv-mashg‘ulot parvozini bajarayotganda aholi punktlaridan uzoqda, kimsasiz hududga qulab tushgan.
Xabar qilinishicha, vertolyot ekipaji halok bo‘lgan.
47news nashrining xabar berishicha, Leningrad harbiy okrugi matbuot xizmati vertolyot Rossiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli ekanligini ma’lum qilgan. Halokat sababi hozircha aytilmagan.
Ma’lumot uchun: Mi-28 — dushmanning zirhli texnikasi, havo nishonlari va jonli kuchlarini qidirish va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan zarba beruvchi vertolyot.
Avvalroq, AQSHning Denver aeroportida samolyot yonib ketgani xabar qilingandi.
Izoh (0)