Daryo

Ukrainaning tinchlik muzokaralaridagi “qizil chiziqlari” e’lon qilindi

Mazkur shartlarda Rossiya tomonidan 2022-yil fevralidan keyin bosib olingan hududlarning kelajagi haqida gap ketmagan

1 daqiqa o‘qish6 052 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina rasmiylari Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ehtimoliy muzokaralar uchun bir qator “qizil chiziqlar”ni belgiladi. Bu haqda Ukraina hukumatidagi yuqori martabali manbalarga tayanib, The Independent xabar berdi.

Foto: Reuters

Hech qanday qo‘shimcha hududiy imtiyozlar yo‘q

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, muhim shartlardan biri – Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaning to‘rt viloyatini to‘liq egallash istagiga qaramay, qo‘shimcha hududiy imtiyozlar berishdan bosh tortishdir. Bu viloyatlardan ikkitasi Rossiya harbiylari tomonidan 2014-yildan beri qisman bosib olingan bo‘lib, 2022-yilda keng ko‘lamli bosqin ortidan noqonuniy “referendumlar” asosida Moskva tomonidan anneksiya qilingan.

Ukraina front chizig‘i hozirgi holatda muzlatilishiga va Rossiyaning bosib olingan hududlarning bir qismini saqlab qolishiga ko‘ngani, ammo qo‘shimcha hududlarni topshirish mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini “qizil chiziq” sifatida belgilagan, deyiladi xabarda.

Masalan, Zaporoje yoki Xersonni to‘liq topshirishni talab qilish – mutlaqo mantiqsiz. Bu biz uchun butunlay safsataday tuyuladi, deydi manbalar.

Shu bilan birga, Rossiya tomonidan 2022-yil fevralidan keyin bosib olingan hududlarning kelajagi hali hal qilinmagan. Ukraina rasmiylari esa bu hududlarni diplomatik yo‘l bilan qaytarish uchun barcha choralarni ko‘rishlarini ta’kidlagan.

Ukrainalik bolalarni qaytarish va xavfsizlik kafolatlari

Kiyev amal qiladigan boshqa “qizil chiziqlar” Rossiya tomonidan o‘g‘irlab ketilgan minglab ukrainalik bolalar va minglab noqonuniy ushlab turilgan tinch aholini qaytarishni o‘z ichiga oladi. Ular harbiy asirlar hisoblanmaydi va shuning uchun asirlar almashinuviga tushmaydi. Bundan tashqari, Ukraina Rossiya hukumati o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzgan taqdirda xalqaro xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda.

Biz haqiqatan ham tinchlik tuzishga tayyormiz, ammo bizga qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish emas, balki uzoq muddatli tinchlik kerak. Biz farzandlarimizning bu urushda jang qilishini istamaymiz, dedi nashrning yuqori martabali manbasi.

The Independent suhbatdoshlari Moskva haqiqatan ham kelishuvni qabul qilishiga ishonmaydi va Rossiya rasmiylari tomonidan “navbatdagi hiyla-nayrangni kutmoqda”.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar