• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sirdaryodagi yo‘l, elektr, uy-joy, irrigatsiya, bog‘cha, maktab va boshqa ijtimoiy obyektlarni yangilashga 100 mln dollar yo‘naltiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, ish o‘rinlari va investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha 2025-yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Keyingi yillarda Sirdaryoda energetika, qurilish, tadbirkorlik birmuncha rivojlandi. O‘tgan yili davlat rahbarining Sayxunobod tumaniga tashrifi chog‘ida tomorqachilik va kichik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tajriba yaratildi.

    Lekin tashabbuskorlik kamligi uchun sanoat, savdo va xizmatlar rivojlanishdan orqada qolib ketyapti. Xususan, Sirdaryoda xizmat ko‘rsatish sohasining respublikadagi ulushi eng past. Kambag‘allik darajasi 11 foizdan ko‘p. 22 ming nafar fuqaro ishsiz.

    Bugun dunyoda iqtisodiy shart-sharoitlar tez o‘zgarmoqda. Bunday vaziyatda izlanib, o‘rganib, ichki imkoniyatlarni to‘la ishga solgan hudud yutadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu maqsadda Sirdaryo viloyatida investitsiyalarni ko‘paytirib, sanoat va biznes-muhitni yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, viloyatning tranzit salohiyatidan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

    Masalan, qariyb 900 gektar yer maydonida sanoat zonalari tashkil qilinishi mo‘ljallangan. Bu 5 milliard dollar investitsiyaga va 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rniga zamin bo‘ladi. Loyihalar Sirdaryo, Shirin, Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Guliston, Oqoltin va Sardobada joylashadi.

    Viloyat geografik jihatdan O‘zbekistonning markaziy qismida, bir nechta xalqaro avtomagistral kesishmasida joylashgan bo‘lib, bir kecha-kunduzda 311 mingta transport vositalari o‘tadi. Shunga ko‘ra, tadbirkorlar bu yo‘llar bo‘yida yuzlab savdo shoxobchalari ochishga tayyorligini bildirgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu kabi 500 ming kvadrat metr savdo-servis maydoni tashkil etib, 50 ming odamning bandligini taʼminlash imkoniyati bor.

    Yer-suvi mo‘l bu hududda paxta, sholi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun katta salohiyat bor. Shu bois kartoshka, piyoz, maymunjon, qorag‘at va olcha maydonlari kengaytiriladi. Tomorqa, dala va kanallar chetidagi 38 ming gektarga qayta ishlovchi va eksportchilar biriktiriladi.

    8 ta tumandagi past rentabelli 25 ming gektar yer sholi yetishtirishga o‘tkaziladi. Sholichilik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun mahsulotning 50 foizini eksport qilishga ruxsat beriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Viloyatda mingdan ziyod xonadonning qurilganiga ellik yildan oshgan. Renovatsiya dasturi asosida, ularning o‘rnida 15 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu borada Marg‘ilon shahri, Do‘stlik tumanidagi ijobiy tajribalar o‘rganiladi.

    Yangi xonadonlar arzon bo‘lishi uchun developerlarga soliq, bojxona imtiyozlari beriladi. Shuningdek, viloyatdagi yo‘l, elektr, uy-joy, irrigatsiya, bog‘cha, maktab va boshqa ijtimoiy obyektlarni yangilashga 100 million dollar yo‘naltiriladi.

    Guliston shahrini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlashga zarur mablag‘ ajratish va bu ishlarni 2025-yil 1-iyuga qadar yakunlash topshirildi. Shuningdek, Guliston va Shirin shaharlarda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida ularning hududini kengaytirish taklifi maʼqullandi.

    Umuman, bunday imkoniyatlar evaziga joriy yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etib, eksportni 500 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Buning natijasida 16 mingdan ziyod yangi ish o‘rni ochilishi, kambag‘allik darajasi 7,4 foizga tushishi qayd etildi.

    25 fevral, 18:23   Izoh (0)   2383
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#Sirdaryo

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev investitsiya rejasini bajarmagan tashkilot rahbarlarini jiddiy ogohlantirdi

    16 yanvar, 16:36

    Lavozimidan ozod etilgan Sirdaryo viloyati hokimi, Yangiyo‘lda ijtimoiy kartadan foydalanishni boshlagan fuqarolar, 3 yildan 5 yilga uzaytiriladigan mahalla raisla...

    16 yanvar, 22:50

    Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Turdimov, O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyligidan ketgan Katanes, Toshkentda rag‘batlantirilishi kutilayotgan milliy libosda...

    22 yanvar, 23:14

    Prezident energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi

    27 yanvar, 21:30

    Buxorodagi magistral gaz quvuridan sizib chiqqan gaz, Toshkent viloyatida topilgan eshak terilari, qarzdorlik sabab “svet”dan uzilgan Kinematografiya agentligi: 10...

    10 fevral, 23:30

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga jo‘nab ketdi 

    17 fevral, 11:12

    Shavkat Mirziyoyev Kuvaytda kutib olindi (foto)

    17 fevral, 15:41

    “Yashil” energetika, savdo uyi, turizm haftaliklari: Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri bilan muzokara o‘tkazdi

    17 fevral, 17:22

    O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? Ro‘yxat

    17 fevral, 18:30

    Shavkat Mirziyoyev Kuvayt bosh vaziri v.b. — ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    17 fevral, 19:55

    Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

    18 fevral, 16:44

    Oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmatlar pulli bo‘ladimi? SSV izoh berdi 

    21 fevral, 17:15

    O‘zbekistonda sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar rivojlantiriladi

    21 fevral, 21:00

    “So‘nggi yillarda O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati yanada mustahkamlandi” — Sayfiddin Jo‘rayev

    21 fevral, 20:50

    Yuk poyezdi urib yuborgan Nexia, haydovchilar uchun ishga tushadigan jarima ballari, yerni 2,4 mln dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs: 21-fevralning eng mu...

    21 fevral, 23:40

    “Yangi O‘zbekiston” massivlarini quruvchilar 1 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi

    24 fevral, 14:40

    Aprel oyida O‘zbekiston—Ummon hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi

    24 fevral, 18:01

    Prezident JSTga aʼzo bo‘lish jarayonida bojxona qonunchiligini to‘liq muvofiqlashtirish vazifasini qo‘ydi

    24 fevral, 21:00

    “O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida iqtisodiy diplomatiya rivojlanib, ishbilarmonlik aloqalari faollashmoqda” – siyosiy fanlar doktori Sayfiddin Jo‘rayev

    24 fevral, 21:08

    Farg‘onada o‘pirilib tushgan yo‘l, Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan 19 yoshli qiz, importi keskin kamaygan yengil avtomobillar: 24-fevralning eng muhim xabarlari...

    24 fevral, 23:10

    Shimoliy Koreya AQSHga yadroviy javob bilan tahdid qildi 

    24 fevral, 23:55

    Bankka borish shart emas! Mikrokreditbank kredit olishni soddalashtirdi

    25 fevral, 09:00

    Janubiy Koreyada ko‘prik qulab tushdi, qurbonlar bor (video) 

    25 fevral, 08:46

    O‘zbekiston yangi quriladigan uylar markazlashtirilgan isitish tizimiga ulanib, elektr plitalari bilan jihozlanadi

    25 fevral, 09:30

    Makron: “30 ta davlat Ukrainaga xavfsizlik kafolatini berishga tayyor” 

    25 fevral, 09:05

    Chet elda vaqtincha ishlayotganlarga ham O‘zbekistonda ipoteka olish imkoni beriladi

    25 fevral, 11:03

    Kanadaliklar Ilon Maskni fuqarolikdan mahrum qilmoqchi

    25 fevral, 11:57

    Rossiya chaqiruv yoshidagilarni harbiy zavodlarga yubormoqchi

    25 fevral, 14:32

    Sherzod Asadov Qozog‘istonning ko‘plab yetakchi OAVlarini birlashtirgan holding asoschisi bilan uchrashdi

    25 fevral, 14:20

    O‘zbekistonda harbiylarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori 20 foizga oshiriladi

    25 fevral, 15:43

    Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekistonga keldi

    25 fevral, 16:00

    Pokiston bosh vaziri “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

    25 fevral, 16:27
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 08:44

    Yevropa Ligasi. Angliyaning ikki klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 9 may, 08:44

    Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi

    Dunyo | 9 may, 08:41

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.