• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekistonda 2024-yilda 100 264 ta xonadon aholiga topshirilgani ma’lum qilindi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xabarga ko‘ra, 2024-yilda 2 044 ta ko‘p kvartirali uy foydalanishga topshirilib, jami 100 264 ta xonadon aholiga topshirildi. 2022–2024-yillar davomida jami 4 920 ta ko‘p kvartirali uy qurilib, ularda 221 mingdan ortiq xonadon aholiga topshirilgan.

    Yillik ko‘rsatkichlar quyidagicha:

    • 2022-yilda 1 433 ta uy (56 115 ta xonadon),
    • 2023-yilda 1 443 ta uy (65 528 ta xonadon),
    • 2024-yilda 2 044 ta uy (100 264 ta xonadon).

    Ta’kidlanishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va kam ta’minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy ahamiyatga ega uy-joylar soni ham ortib bormoqda.

    Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida olib borilayotgan qurilish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda. 2025-yilga kelib bunday massivlar soni 29 tadan 56 taga yetkazilgan. Ayni paytda ushbu massivlarda 890 ta uy qurilib, 31 692 ta xonadon foydalanishga topshirilgan.

    Ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari

    Mart oyida mamlakatda ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyi darajasida qoldi. Yillik hisobda respublikada bir kvadrat metr uy-joy narxi 0,9 foizga oshdi. Hududlar kesimida eng sezilarli o‘sish Jizzax (12,3 foiz), Surxondaryo (10,7 foiz) va Qashqadaryo (8,5 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

    Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat

    Mart oyida Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,6 foizga, birlamchi bozor narxlari esa 0,4 foizga kamaygan.

    O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 5,7 foizga kamaygan bo‘lsa, birlamchi uy-joy segmentida pasayish 3,7 foizni tashkil etdi.

    Yillik hisobda Toshkent shahri bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxida eng katta pasayish Mirobod (8 foiz), Chilonzor (8,7 foiz) va Yashnobod (7,5 foiz) tumanlarida kuzatildi.

    Yangi uylar narxlarida ham pasayish kuzatildi. Yil davomida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narxlarda eng sezilarli pasayish Shayxontohur (14,7 foiz), Uchtepa (11 foiz) va Yunusobod (6,7 foiz) tumanlarida qayd etildi.

    Uy-joy ijara bozori

    Mart oyida Toshkent shahrida ijara narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi va o‘rtacha ijara narxi 8 dollarni (bir kvadrat metr uchun) tashkil etdi.

    Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10 dollarni tashkil etadi.

    Shu bilan birga, Toshkent shahrida ijara narxi yillik hisobda 7,4 foizga pasaygan. Narxlarning eng katta pasayishi Mirzo-Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etilib, pasayish surʼati o‘rtacha 10 foizga yetadi.

    O‘zbekistonda uy-joy bozori

    Avvalroq Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari respublikada uy-joy va ipoteka bozoridagi faollik darajasini tahlil qilgandi. Unga ko‘ra, 2024-yilning III choragida O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi. Xususan, iyul-sentyabr oylarida ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar oldi-sotdisi uchun 41 861 ta shartnoma rasmiylashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 3362 taga (7,4 foizga) kam.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, oktyabr oyida ko‘chmas mulk bozorining hududlar kesimidagi dinamikasi Toshkent viloyatida (+10 foiz) sezilarli o‘sdi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+8,1 foiz) va Jizzax viloyatida (+7,5 foiz) ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.

    Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari va aholi tasarrufidagi daromadlar uy-joy bozoriga taʼsir etuvchi muhim omillar ekanligini ko‘rsatdi.

    Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi qarori bilan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qaror bilan subsidiyalar bilan qoplanadigan foiz to‘lovlari miqdoriga ham o‘zgartirish kiritildi. Endilikda yangi kreditlar uchun yillik 12 foizdan yuqori qismi, 2025-yildan boshlab esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan ortiq qismi qoplanadi.

    Boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan besh ish kuni ichida to‘lanadi.

     

    8 may, 22:05   Izoh (0)   1819
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #uy-joy#aholi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga tengligi aniqlandi 

    14 mart, 16:28

    Toshkentda o‘rtacha ta‘mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda – tahlil

    15 mart, 18:50

    Oltin zaxiralari bo‘yicha yetakchi 10 ta mamlakat e’lon qilindi

    17 mart, 08:10

    Samarqandda rekonstruksiya ishlari sababli 200 dan ortiq obyekt “snos”ga tushadi 

    27 mart, 18:05

    “Barchasiga terrorchi arablarning o‘zi aybdor” — G‘arb mediasining Falastin haqida tarqatayotgan yolg‘onlari

    1 aprel, 20:27

    O‘zbekistonda 2025 yil 1-choragida davlat byudjetiga qancha tushum bo‘lgani ochiqlandi 

    1 aprel, 21:35

    “Chorvoq Darvozasi”da xonadonlar sotuvi boshlandi

    7 aprel, 16:30

    Samarqandda 220 ta mulk ziyorat markazi uchun tortib olinayotgani aytildi 

    7 aprel, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev renovatsiya dasturiga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi

    9 aprel, 14:58

    Harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

    10 aprel, 18:15

    Andijonda har yili rassomlar festivali o‘tkazilishi taklif qilindi

    15 aprel, 20:09

    O‘zbekistonda oqilona tashqi qarz siyosati yuritilmoqda

    17 aprel, 20:06

    YTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga “ko‘chmas mulk bo‘yicha agent” sifatida rieltorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilishi kutilmoqda

    22 aprel, 21:45

    Mart oyida Toshkent ko‘chmas mulk bozorida birlamchi va ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi pasaydi – tahlil

    29 aprel, 22:30

    O‘zbekistonda 2030-yilgacha kamida 58 ta maktab quriladi

    30 aprel, 10:15

    Kino tarixini o‘zgartirib yuborgan “Parazitlar” filmi haqida 12 ta qiziqarli ma’lumot

    1 may, 15:14

    Dubay amirligidan qochishni uddalagan malika — Hayya bintu al-Husaynning arab shayxi bilan 15 yillik turmushi qanday kechgan?

    30 aprel, 20:25

    Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishini ko‘zdan kechirdi (foto)

    1 may, 15:32

    O‘zbekistonda pensiyalarning maydagi to‘lovi haqida ma’lumot berildi

    5 may, 17:15

    “Klon” 25 yoshda: serialdagi sevishganlar Lukas va Jadi nega hayotda til topisha olmagan?

    7 may, 17:35

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00

    Tramp xavfli viruslarni o‘rganishni taqiqladi

    7 may, 18:30

    O‘zbekistonda aprel oyida qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlandi?

    6 may, 17:15

    Tramp AQSH va Kanada har qanday holatda ham do‘st bo‘lib qolishini aytdi 

    6 may, 23:30

    Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga 30 mln yevro ajratadi

    7 may, 09:15

    Aktyorlikdan tashqari biznesda ham muvaffaqiyat qozongan Gollivud yulduzlari

    8 may, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 7-mayning eng muhim xabarlari

    7 may, 23:10

    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

    8 may, 13:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning boy fuqarolari uchun daromad solig‘ini 40 foizgacha oshiradi

    Dunyo | 9 may, 19:00

    Rasman. Xabi Alonso mavsum yakunida “Bayer”ni tark etishini e’lon qildi

    Sport | 9 may, 18:41

    Bill Geyts o‘zining deyarli barcha boyligini kambag‘al va bemorlarga tarqatish niyatida

    Dunyo | 9 may, 18:35

    “Bu yaqin vaqt ichida sodir bo‘ladi” — Lamin Yamal kelajagi borasida bir qarorga keldi

    Sport | 9 may, 18:05

    Ispaniyada erkak gazli suvdan bir qultum ichib, oshqozoni va qizilo‘ngachini kuydirdi

    Dunyo | 9 may, 17:40

    Shri Lankada o‘nlab harbiy xizmatchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

    Dunyo | 9 may, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.