Daryo

Rasman. Xabi Alonso mavsum yakunida “Bayer”ni tark etishini e’lon qildi

Ispaniyalik mutaxassis “Real” ustoziga aylanishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish4 800 ko‘rishlar0 izoh0

“Bayer” ustozi Xabi Alonso joriy mavsum yakunida nemis klubini tark etadi. 43 yoshli ispaniyalik mutaxassis bu haqda rasman e’lon qildi.

Foto: FC Bayer

Murabbiy klub rasmiy sahifasiga bergan bayonotida doim “Bayer” muxlisi bo‘lib qolishini aytdi:

Men “Bayer” klubiga, futbolchilarga, murabbiylar shtabiga va muxlislarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bizning muvaffaqiyatimiz – bu  jamoaviy mehnat natijasi. Klub menga katta ishonch bildirdi va Bundesligadagi ilk g‘alabasini haqli ravishda qo‘lga kiritdi. Bu yutuqni amalga oshirishda hissasi bo‘lgan har bir kishiga tashakkur bildiraman va ularning oldida bosh egaman. “Bayer”ga omad tilayman. Men doim Leverkuzen klubining muxlisi bo‘lib qolaman, dedi Alonso klub matbuot xizmatiga bergan bayonotida.

Xabi Alonso boshchiligida “Bayer” uchta sovrinni qo‘lga kiritdi: Bundesligada chempionlik, Germaniya Kubogi va Germaniya Superkubogi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ispan mutaxassisi yaqin haftalarda Madridning “Real” klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. “Qirollik klubi” Alonso uchun “Bayer”ga 12 million yevro to‘lashi ma‘lum bo‘ldi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar