Mashhurlar dunyoning istalgan oshxonasidan bahramand bo‘lishi mumkin, ammo ba’zida ular parhezshunoslarni ham hayratga soladigan taomlarni tanlashadi. Quyida shunday mashhurlar haqida so‘z boradi, ularning gastronomik didlari muxlislar orasida anchadan beri muhokama qilinadi.
Kardi Bi: Ketchup bilan pechenye
Kardi Bi nafaqat xitlari bilan, balki kutilmagan gastronomik tajribalarga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ham mashhur. Qo‘shiqchi boshqalarning xayoliga ham kelmagan narsalarni ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etadi. Masalan, u makkajo‘xori chipslarini pishloqli sous bilan yeyishni va ustidan qizil vino ichishni yoqtiradi. Kardi Bining yana bir sevimli shirinligi — ketchup va shokoladli pechenye. Qo‘shiqchi kunni esa qahva bilan emas, kola va pitssa bilan boshlaydi.
Shu bilan birga, u vegan taomlarini ham tatib ko‘radi va hatto retseptlar bilan o‘rtoqlashadi, shuningdek, qovurilgan kartoshka, losos va yeryong‘oq pastasini xush ko‘radi.
Selena Gomes: tuzlangan bodring bilan pechenye
Selena Gomes ham g‘ayrioddiy kombinatsiyalarni sevadi. Bir kuni Late Night With Jimmy Fallon ko‘rsatuvida u “Texascha popkorn” deb ataydigan sevimli shirinligi haqida so‘zlab berdi. Selena oddiy popkornni tabasko sousi qo‘shilgan bodring suviga botirib yeyishni yaxshi ko‘radi. Ko‘rsatuv boshlovchisi Jimmi Fellon ham bu g‘alati gazakni tatib ko‘rib, endi bu uning sevimli popkorni ekanligini aytadi.
Aytgancha, Selena Gomes nafaqat bodring suvini, balki tuzlangan yoki marinadlangan bodringlarni shirin pechenye bilan yeyishni ham yaxshi ko‘radi.
Jenifer Eniston: 10 yil davomida bir xil salat
Aktrisa Jennifer Enistonning taomnomasida mahsulotlar va ta’mlarning g‘alati uyg‘unligi yo‘q. Ammo aktrisaga biror narsa yoqib qolsa, uni yillar davomida iste’mol qilishga tayyor. Masalan, “Do‘stlar” serialini suratga olish paytida u loyiha davom etgan 10 yil mobaynida bir xil salat iste’mol qilgan.
Jennifer “Kobb” salatini o‘ziga moslashtirib, ba’zi masalliqlarini o‘zgartirgan. Qizig‘i shundaki, Eniston bu salatga boshqa aktyorlarni va hatto butun suratga olish jamoasini ham o‘rgatgan.
Yillar o‘tib, aktrisa o‘zining sevimli salati retseptini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi, biroq suratga olish paytida uning biroz boshqacha variantini iste’mol qilganini ta’kidladi. Lekin asosiy tarkibi o‘sha-o‘sha: bulg‘ori, yangi bodring, yalpiz, qizil piyoz, no‘xat va feta pishlog‘i.
Merayya Keri: binafsharang menyu
Xonanda Merayya Keri sog‘lom ovqatlanishga intiladi — uning taomnomasi asosan sabzavotlar, mevalar, baliq va tovuqdan iborat. U uglevodlar, non va tez tayyorlanadigan ovqatlardan voz kechgan. Aytgancha, Merayyaning sevimli taomi pitssa, ammo u xamir o‘rniga tovuq to‘shi yoki qovoqcha ishlatilgan parhez turini ma’qul ko‘radi.
Biroq Merayyaning o‘ziga xos g‘alati odatlari ham bor. Qo‘shiqchi ba’zida “binafsharang taomnoma”ga amal qilishni yoqtiradi. Bunda yulduz faqat binafsharang narsalarni: baqlajon, qizil karamli salat, qorag‘at, chernika, maymunjon, olxo‘ri, to‘q rangli uzum va boshqalarni xohlagancha iste’mol qiladi.
Izoh (0)