• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Ularga qachonlardir odam bo‘lmaysan, deyishgandi”. Jahon yulduzlarining hech qachon taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari (foto)

    “Sen odam bo‘lmaysan!”. Ushbu  so‘zlar nafaqat karyera, balki butun hayotni ham barbod qilishi mumkin. Aksariyat insonlar umri davomida bu iborani ko‘p eshitgan va uning qanchalar og‘ir botganini ham yaxshi eslaydi. Shuning uchun bunday so‘zlarni aytganda, bir kun qattiq afsuslanib qolishni unutmaslik lozim. Masalan, rejissorlardan biri Xarrison Fordga hech qachon kino yulduzi bo‘la olmasligini aytgan. Yoki RSO Records leybl boshlig‘i Bono bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan, oradan ko‘p o‘tmay leybl o‘z faoliyatini to‘xtatgan, U2 guruhi esa reytingning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan. Shuning uchun ham rad etilganda darrov taslim bo‘lmaslik kerak. Quyida imkoniyat berilmagan bo‘lsa-da, olg‘a intilgan 12 ta yulduzning rag‘batlantiruvchi hikoyasini e’tiboringizga havola etamiz.

    Riz Uizerspun

    Foto: “Film.ru”

    Foto: “Film.ru”

    Gollivudning eng muvaffaqiyatli aktrisalaridan biri karyerasining boshida katta qiyinchiliklarga duch kelgan. Aktrisa hattoki bir marotaba roldan ham quruq qolgan, chunki bosh rolni ijro etgan aktyor uning o‘rniga boshqa partnyorni afzal ko‘rgan. Yana bir qancha rad javoblar aktrisaning past bo‘yi, o‘ta shaddodligi hamda yosh ayol obrazini ijro etish uchun ham juda aqlli ko‘rinishi bilan bog‘liq edi.

    “Bu rad javoblar meni qattiq ranjitgan edi, ularni hisobimga olib qo‘yardim va 20 yoshimda tez-tez yurakdan yig‘lab yuborardim”, – deb yozadi Riz o‘zining Instagram sahifasida. Ammo yaqinda Forbes uni dunyoning eng boy aktrisasi deb topdi. Jurnalistlar Uizerspunning boyligini 400 million dollarga baholagan.

    Xarrison Ford

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    1966-yilda yosh aktyor “Karusel ustidagi o‘ldiruvchi jazirama” filmida epizod rolni ijro etgan. Ford bu ishi uchun 150 dollar olgan va rejissor unga hech qachon yulduz bo‘la olmasligini aytgan. Oradan 15 yil o‘tib, Xarrison allaqachon “Yulduzlar jangi” kartinasidagi Xan Solo roli tufayli mashhurlikka erishib bo‘lganida, bir vaqtlar unga qizil chiziq tortishga tayyor bo‘lgan rejissorni restoranda uchratib qoladi. Shunda ofitsiantlardan biri aktyorga “Qozoniladigan muvaffaqiyatni boy berdim” deb yozilgan qog‘ozni tutqazadi. “Men ortimga o‘girildim, ammo tashrif buyurganlarning orasida qaysi biri rejissor ekanligini aniqlay olmadim”, – deydi Ford intervyularining birida.

    Jiji Hadid

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Endigina 26 yoshga kirgan Jiji mashhur va juda muvaffaqiyatli supermodel. Lekin u bir paytlar voleybol bilan jiddiy shug‘ullangan, shu tufayli uning mushaklari bo‘rtib ketgan. Bu Jijining o‘ziga yoqsa-da, mashhur jurnallarning muqovalarida paydo bo‘lish va podiumda yurishni xohlaganida, unga juda ham ko‘p vazn yo‘qotishi kerakligini tavsiya qilishadi.

    “Tuni bo‘yi yig‘lar edim. Onam bizga kerakli agentlikni topamiz, der edi va topdi ham”. Jiji 2011-yilda IMG Models bilan shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lgan, shu bilan birga, o‘z vaznini ham saqlab qolgan.

    Linkin Park

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yo‘lning boshida ambitsiyali jamoa jiddiy qabul qilinmagan. Ular 43 marta ovoz yozish studiyalaridan rad javobini eshitgan, lekin taslim bo‘lmagan. Warner Bros. Records musiqachilarga uslubni klassik rokka almashtirishni maslahat bergan, lekin guruh rozi bo‘lmagan. Oxiri Linkin Park Hybrid Theory albomini taqdim etdi va u 2001-yilning eng ko‘p sotilgan albomiga aylandi.

    Vaynona Rayder

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Nozik va qoramag‘iz qizga qachonlardir aktrisalikka to‘g‘ri kelmasligini, chunki u chiroyli emasligini aytishgan. U kastingda rejissordan bu kabi og‘riqli so‘zlarni eshitganida 15-16 yoshda edi. Keyin ham Vaynona buni bir necha bor eshitdi, lekin ruhiyatini tushirmadi, chunki ota-onasi tufayli u go‘zal bo‘lishdan ko‘ra inson bo‘lish muhimroq ekanini bilardi. Natijada ko‘pchilik Frensis Ford Koppolaning “Drakula” filmida Rayderning ijrosiga qoyil qoldi.

    Kanye Uest

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Kanye Uestning o‘zi rep kuylamasidan avval muvaffaqiyatli prodyuser bo‘lgan. Ammo hech kim uning rep ijrochisi sifatida ko‘rishiga ishonmasdi, hatto musiqachi ovoz yozish studiyalaridan bir necha marotaba rad javobini olgan. Bir kuni Def Jam leybli musiqachi bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi. Natijada Uest 22 ta “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi hamda g‘olib bo‘lgan nominatsiyalar, hip-hop musiqachilari va yoshi san’atkorlari orasida rekord o‘rnatdi.

    Letitsiya Kasta

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Biografik ma’lumotlarga qaraganda, fransuz modeli va aktrisasi karyerasini noaniq tarzda boshlagan. Agentliklardan birining fotografi Korsikada oilasi bilan dam olayotgan 15 yoshli Letitsiyani ko‘rib qolgan. Birinchi muvaffaqiyatli fotosurat kastingidan bir necha hafta o‘tgach, qiz podiumda yurib, Jan-Pol Gotye kiyimlarini namoyish etgan. Ammo modelning o‘zi uning tashqi ko‘rinishini  tez-tez tanqid qilishganini eslaydi. U standart o‘lchovlardan – balandligi 172 sm va qomati bilan farq qilar edi. “Men modellik faoliyatimni boshlaganimda hamma meni o‘zgartirishga urindi: ular meni juda semiz va kichkina, deb bildi. Shuningdek, tishimni ham to‘g‘rilashga harakat qilishdi. Men esa o‘zligimcha qolishdan faxrlanaman”.

    Klint Istvud

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ajoyib aktyor va rejissorning kekirdagi haddan ortiq bo‘rtib chiqishi tufayli karyerasi boshlanmasdanoq tugadi. Istvudning hamkasbi Bert Reynolds Universal Pictures kinokompaniyasi 1959-yilda ikkisining shartnomasi ham qanday bekor qilinganini eslaydi: “Klint ishdan bo‘shatildi, chunki uning kekirdagi juda bo‘rtib chiqib ketgandi. Shuningdek, u juda sekin gapirardi va tishi ham singan edi”. Men studiyadagi xodimlardan “Nima uchun meni ishdan bo‘shatdingiz?” deb so‘raganimda, “Siz qanday o‘ynashni bilmaysiz”, deb javob qaytarishdi. Shundan so‘ng Reynolds Istvudga kekirdakdan hech qachon qutula olmasligini, ammo aktyorlik mahoratini o‘rganishi mumkinligini aytdi. Natijada ishdan bo‘shatilganlar ham haqiqiy yulduzga aylandi.

    Shakira

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bir qancha musiqiy mukofotlarning g‘olibasi bir vaqtlar maktab xoriga qabul qilinmagan. Musiqa o‘qituvchisiga Shakiraning ovozi yoqmagan, u qizning ovozini echkining ma’rashiga o‘xshashini aytgan. Bir necha yil o‘tgach, qo‘shiqchi Hips Don’t Lie taronasini chiqardi, bu XXI asrning eng ko‘p sotilgan albomiga aylandi.

    Jizel Byundxen

    Foto; AdMe

    Foto; AdMe

    “Yaxshi niyatli insonlar” tufayli dunyoning eng mashhur modelining karyerasini barbod bo‘lishiga bir baxya qolgan. Unga 14 yoshida hech qachon shou-biznesda muvaffaqiyat qozonmasligini aytishgan, chunki uning ko‘zlari juda kichkina, burni esa katta edi. 2016-yilda Jizel Byundxen eng ko‘p yillik daromadga ega model sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

    U2

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    1979-yilda RSO Records leybl rahbari Aleksandr Sinkler 19 yoshli Bonoga rad javobini yozdi va yuborilgan tarona hozirgi paytda  mos kelmasligini ta’kidladi. Bir yil o‘tgach, U2 guruhi Island Records bilan shartnoma imzoladi, Rolling Stone versiyasiga ko‘ra, tez orada chiqarilgan Boy albomi “Hamma vaqtning eng buyuk 500 ta albomi”ga kiritildi. RSO Records 1983-yilda faoliyat yuritishni to‘xtatdi. Xuddi shu yili U2 o‘zining uchinchi War albomini chiqardi.

    Tayra Benks

    Foto: Nicki Swift

    Foto: Nicki Swift
    Benks modellik bilan 15 yoshidan beri faoliyat yuritib kelgan, lekin 21 yoshga to‘lganida agentlik qizning semirib ketganini va ko‘plab dizaynerlar u bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganini ma’lum qilgan. Xafa bo‘lgan Tayra diyeta qilishni xohlaydi, lekin onasi pitssa yeyishni buyuradi. U qizini modellik uchun ochidan o‘lishni xohlamas edi. Biroz vaqt o‘tib, Victoria’s Secret Tayra bilan 10 yillik shartnoma tuzadi.

    Mavzuga doir:

    • Muvaffaqiyatga erishishiga yaqinlari ham ishonmagan yulduzlar (foto)
    • Karyerasining avvalida tunashga ham joyi bo‘lmagan Gollivud yulduzlari (foto)
    • Arzimagan pul uchun rol o‘ynashga rozi bo‘lgan aktyorlar (foto)

    18.09.2021, 20:56   Izoh (0)   28796
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahongir Xo‘jayev “Real xit” sabab uni Dubay va Moskvada politsiya ushlagani, o‘zbek muhojirlari uni deb jarima to‘lashga majbur bo‘lgani haqida (video)

    18.09.2021, 17:58

    Zo‘ravonmi yoki jabrdiyda? Taqdir zarbalaridan qochib qutulolmagan pop qiroli — Maykl Jeksonning fojiali taqdiri

    18.09.2021, 10:56

    “Botoks va filtrlarsiz ham go‘zalsiz”. Instagram foydalanuvchilari Dryu Berrimor va Kameron Diazning yangi suratidan zavqlanmoqda (foto)

    17.09.2021, 16:56

    “Taqdirdan qochib qutulganlar”. Maykl Jekson, Gvinet Peltrou hamda AQShdagi 11-sentabr voqealarida baxtli tasodif tufayli omon qolgan mashhurlar

    17.09.2021, 10:53

    Instagram: Karra jadvalini bilmaydigan Munisa Rizayeva, tug‘ilgan kunini nishonlagan Rayhon, Shahzoda Muhammedova taqdirini o‘zgartirgan serial

    16.09.2021, 22:19

    “Beqaror” seriali yulduzi Ebru Shahin mashhur turk basketbolchisi bilan unashtirildi

    16.09.2021, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.