Yevropa Ittifoqi shoshilinch yordam sifatida “Ozodlik radiosi”ga 5,5 million yevro ajratishga kelishib oldi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.

Kallasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa blokiga a’zo davlatlarning tashqi siyosiy idorlari rahbarlari bu bo‘yicha kelishuvga erishgan. Mablag‘ “Ozodlik radiosi”ning hayotiy muhim faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun” ajratiladi.
Qisqa muddatli favqulodda moliyalashtirish mustaqil jurnalistika uchun sug‘urtadir, deya Kay Kallasning so‘zlarini keltirmoqda Associated Press.
Mablag‘lar “Yevropa demokratiya fondi” nodavlat tashkiloti orqali yo‘naltiriladi. Ular Yevropa Ittifoqiga qo'shni davlatlar, jumladan, Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalarida eshittirish uchun sarflanadi. Chexiya hukumati shtab-kvartirasi Pragada joylashgan “Ozodlik radiosi” uchun mablag‘ topish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining sa’y-harakatlariga boshchilik qilmoqda.
Kallasning ta’kidlashicha, “Ozodlik radiosi” uzoq muddatli moliyalashtirish uchun hali yechim topish kerak.
Ammo erkin ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash Yevropa Ittifoqi investitsiyalarining strategik yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda, deya qo‘shimcha qildi Yevropa komissari.
May oyi boshida Shvetsiya hukumati “Ozodlik radiosi”ni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 mln shved kronasi (1,84 mln yevro) ajratgandi.
AQSH “Ozodlik radiosi”ni moliyalashtirishni qisqartirdi
“Ozodlik radiosi” bosh qarorgohi Pragada joylashgan xalqaro media korporatsiyasi bo‘lib, 1953-yilda efirga uzatila boshlangan. Uning dasturlari 23 mamlakatda 27 tilda efirga uzatiladi. Korporatsiya faoliyati ilgari AQSH Kongressi tomonidan Amerikaning Global Media Agentligi (USAGM) orqali ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan. 2024-yilda “Ozodlik radiosi” byudjeti 142 million dollarni tashkil etdi.
2025-yil 15-martda USAGM ushbu mablag‘ni ilgari AQSH Kongressi ma’qullagan bo‘lsa-da, “Ozodlik radiosi” mablag‘larini qaytarib oldi. Oy oxiridayoq agentlik o‘z qarorini bekor qildi. Shunga qaramay, “Ozodlik radiosi” advokatlariga ko‘ra, 122 nafar xodim ishdan bo‘shatilgan va deyarli barcha shtatdan tashqari mualliflar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilingan.
“Ozodlik radiosi” hokimiyatdan mustaqil tashkilot sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatmadi. 30-aprel kuni AQSH federal sudyasi Roys Lambert vaqtinchalik chora ko‘rish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Unga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati “Ozodlik radiosi”ga Kongress tomonidan ilgari ma’qullangan mablag‘lardan 12 mln dollar ajratishi kerak. 2025-yil oktyabrigacha “Ozodlik radiosi” hukumatdan tasdiqlangan mablag‘dan yana 77 million dollar olishi lozim.
Izoh (0)