Daryo

Shavkat Mirziyoyev Lyublyanaga yetib bordi

Samolyot oldida davlat rahbarini Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiylar kutib oldi

1 daqiqa o‘qish7 590 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samolyot oldida davlat rahbarini bosh vazir o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar o‘tkazadi, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar